Avtomatlashtirish

Kompaniyamiz faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri bu – buyurtmachilarning texnik talablariga muvofiq tarzda Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ASUTP) va telemexanika tizimlarini ishlab chiqish, tayyorlash va yetkazib berishdan iborat.

ASUTP'ni joriy etishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: 
•Texnologik jarayonda inson omilini istisno qilish;
• Tayyor mahsulot sifatini oshirish;
• Ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilash;
• Yuqori darajadagi axborot yetkazish imkoniyati;
• Boshqaruv tizimini kengaytirish imkoniyati;
• Aniqlik bilan o'lchash va belgilangan parametrlarni tartibga solish imkoniyati.
ASUTP'ning asosiy funksiyalari:
• Texnologik jarayonni nazorat qilish va boshqarish;
• Yuqori darajadagi boshqaruv tizimlari bilan ma'lumot almashish;
• Yorug'lik va ovozli signalizatsiya signallarini shakllantirish va uzatish;
• Axborotni operativ xodimlar uchun qulay ko'rinishda vizual tarzda namoyish etish;
• Ma'lumotlarni arxivlash; 
I•shlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblash;
• Favqulodda holatlarni bashorat qilish;
• Smenaviy va sutkalik hisobotlarni shakllantirish.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasida taklif etilayotgan yechimlarni integratsiya qilish uchun kompaniyamiz muhandislari va dasturchilari tomonidan amaliy dasturiy ta'minot (DT) ishlab chiqiladi. Dasturchilarimizning tajribasi barcha standartlashtirilgan dasturlash tillarida loyihalar yaratish uchun yetarlidir.
Biz quyidagi amaliy dasturiy ta'minot ishlab chiqish muhitlarida ishlaymiz:
CodeSys – sanoat avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan instrumental dasturiy kompleks bo'lib, OVEN, WAGO kontrollerlarida qo'llaniladi. Ushbu dasturiy ta'minot 3S-Smart Software Solutions GmbH (Germaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tarqatiladi.
TIA Portal – Siemens tomonidan ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ASU TP) uchun dasturiy ta'minot yaratishning integratsiyalashgan muhiti bo'lib, u drayverlar va kontrollerlar darajasidan tortib inson-mashina interfeysi darajasigacha bo'lgan tizimlarni qamrab oladi.
HHOLLiAS MACS seriyasi — DCS tizimlari uchun taqsimlangan boshqaruv tizimi. Ushbu tizim o'zidan oldingi tizimlarning yuqori ishonchliligi ва qulayligini to'liq meros qilib olgan holda, ilg'or xalqaro texnologiyalar bilan ham integratsiya qilingan.